Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

"PSJ" muddatidan avval Fransiya chempionligini rasmiylashtirdi

"PSJ" muddatidan avval Fransiya chempionligini rasmiylashtirdi

"PSJ" 2024/25 yilgi mavsumda Liga 1 g‘olibiga aylandi. Parijliklar chempionat yakunlanishiga 6 tur qolganida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

28-tur doirasida "PSJ" o‘z maydonida "Anje"ni 1:0 hisobida yengdi. Yagona golni Xvicha Kvarasxeliyaning uzatmasidan keyin Dezire Due kiritdi.

Bu o‘yindan keyin "PSJ" turnir jadvalidagi boshqa jamoalar uchun "qo‘l yetmas" darajada ochko yig‘di. Parij klubi 74 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Monako" hisobida 27 o‘yindan so‘ng 50 ochko mavjud.

Parijliklar o‘z tarixida 13-marta Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 22:56 05.04.2025. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!