Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

«PSJ» Kilian Mbappe oldidagi qarzining bir qismini to‘ladi, ammo mojaro davom etmoqda

«PSJ» Kilian Mbappe oldidagi qarzining bir qismini to‘ladi, ammo mojaro davom etmoqda

Fransiyaning «PSJ» klubi Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Kilian Mbappega sud qaroriga binoan qolgan 6 million yevrodan 4 million yevroni o‘tkazib berdi. Biroq tomonlar o‘rtasidagi moliyaviy mojaro hali yakuniga yetgani yo‘q. Bu haqda L’Équipe nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, sud ijrochilari tashrifidan so‘ng Parij klubi sobiq forvardga qisman to‘lovni amalga oshirgan. Avvalroq mehnat sudi «PSJ»ni futbolchiga 60,9 million yevro to‘lab berishga majburlagan edi. Ushbu summa maosh bo‘yicha qarzdorlik, bonuslar va hisoblangan foizlarni o‘z ichiga oladi. Asosiy mablag‘ avvalroq o‘tkazilgan, ammo 2 million yevro miqdoridagi farq hali ham bahs mavzusi bo‘lib qolmoqda. Klub esa futbolchi bilan to‘liq hisob-kitob qilinganini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, mojaro Mbappening 2024 yil yozida Madridning «Real» klubiga erkin agent sifatida o‘tishi ortidan yuzaga kelgan. Muzokaralar davom etmoqda va sud organlarining yana aralashuvi ham istisno qilinmaydi.

Kiritildi: Bugun 11:46. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!