Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

«PSJ» «Barselona»ga qarshi bahs oldidan jiddiy yo‘qotishlarga uchradi

«PSJ» «Barselona»ga qarshi bahs oldidan jiddiy yo‘qotishlarga uchradi

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasida «Barselona»ga qarshi bahs oldidan jamoadagi jarohatlar soni haqida fikr bildirdi. Katalon klubi ham, parijliklar kabi, o‘zaro uchrashuv arafasida bir nechta muhim futbolchilarini yo‘qotishdi.

Enrike Le Parisien nashriga shunday dedi:

«Har doim ijobiy kayfiyatni saqlash kerak. Afsuski, to‘rt kundan keyin bizda “Barselona”ga qarshi bahs bor va unga 5–6 asosiy o‘yinchilarsiz chiqamiz. Bu ham biz uchun, ham raqib murabbiyi Xansi Flik uchun, ham ikki jamoa muxlislari uchun yoqimsiz holat».

«Pari Sen-Jermen» klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi bahs oldidan ikki muhim futbolchisini jarohat sabab yo‘qotdi. Jamoaga jarohat tufayli yarimhimoyachi Vitinya va vinger Xvicha Kvarasxeliya yordam bera olmaydi.

Ayni damda parijliklarning jarohatlar ro‘yxatida to‘rt futbolchi bor: Usmon Dembele, Dezire Due, Markinyos va Joau Nevesh.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan «Barselona» — «PSJ» uchrashuvi 1 oktyabr kuni Barselonada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:10 28.09.2025. O'qildi: 3760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!