Youtube kanalida "Kameraga olma! Protokol bekor bo‘ldi, lekin MIB jarimani to‘latmoqchi" nomli video paydo bo‘ldi.
MIB esa bu holatga rasmiy munosabat bildirdi.
Majburiy ijro byurosining Sergeli tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shahar IIBB,YHXBning 05.05.2022 yildagi 2207101967478-sonli qaroriga asosan qarzdor Maxamatov Adhamjon Oqiljon o‘g‘lidan davlat foydasiga 540.000 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 18.08.2022 yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha shu kunning o‘zida ijro ishini yuritish to‘g‘risida qaror chiqarilgan va shu to‘g‘risida qarzdorga SMS xabar orqali ogohlantirish yuborilgan.
Mazkur ogohlantirishdan so‘ng, qarzdor A.O.Maxamatov davlat ijrochisi SH.S.Saidov bilan uyali telefon orqali bog‘lanib, mazkur YXXBning jarima summasi qaror chiqargan organ tomonidan bekor bo‘lganligi sababli, davlat ijrochisi ushbu ijro hujjatini darhol tamomlash kerakligini aytgan hamda o‘zi esa muhbir ekanligi, ushbu YXXB tomonidan qo‘llanilgan jarimani ijtimoiy tarmoqlarga chiqarganligini bildirgan.
Davlat ijrochisi o‘z navbatida, mazkur jarima summasi Toshkent shahar IIBB, YXXBning qaroriga asosan qo‘llanilganligi, agarda ushbu jarima qaror chiqargan organ tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, shu organ tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi 3-bandiga asosan ijrosiz qaytarish to‘g‘risida qaror berilishi kerakligi tushuntirilgan.
Bundan tashqari qarzdor A.O.Maxamatovga Toshkent shahar IIBB, YHXB tomonidan yuborilgan 11.04.2022 yilgi qaroriga asosan davlat foydasiga 135.000 so‘m jarima qo‘llanilganligi to‘g‘risidagi boshqa bir qorori ham Majburiy ijro byurosi ish yurituvida mavjudligi va bu jarima bo‘yicha ham tulovni o‘z vaqtida amalga oshirishi yoki qonuniy bekor qilib berishi kerakligi aytilgan.
Biroq qarzdor shu kuni saot 14:05 larda Majburiy ijro byurosining Sergeli tuman bo‘limi binosiga kelib, davlat ijrochisi SH.S.Saidovga uzini “NAZORAT UZ” ommaviy axborot vositalarida ishlashligini, muxbir ekanligini, jarimani bekor qildirib berishini, agar bekor qildirib berolmasa unda ish joyiga kameralar bilan kiritishini va muxbir sifatida davlat ijrochisidan holat bo‘yicha tushuntirish olishi kerakligini aytgan.
Bundan tashqari suhbat chog‘ida U, Toshkent shahar IIBB, YXXBning ma’muriy amaliyot bo‘limiga borganligi, u yerdagi xodimlardan intervyu olganligi, ular esa o‘z navbatida bu jarima bo‘yicha davlat ijrochisi so‘rayotgan (Qonunning 41-moddasi 3-bandiga asosan) xatni berolmasligini aksincha MIBga borib, YXXB organining ma’sul xodimi tomonidan jarimani bekor qilinganligi to‘g‘risidagi xat bilan ijro hujjatini davlat ijrochilari tamomlashi kerakligini aytib o‘tgan.
Shundan so‘ng davlat ijrochisi unga muxbir sifatida intervyu olish va hamkorlikda ishlash uchun kelgan bo‘lsa, shahar boshqarmasiga uchrashish kerakligini tushuntirgan. Bundan tashqari davlat ijrochisi fuqaro A.O.Maxamatovga ijro hujjati bo‘yicha qarzdor ekanligi, muxbirlik faoliyatini shaxsiy manfatlari uchun ishlatish to‘g‘ri emasligi, agar fuqaro sifatida kamerasiz kirsa ijro hujjati bo‘yicha tushuntirish berishini va ushbu ijro hujjati faqatgina qaror chiqargan organning, ijro hujjatini ijro qilmasdan qaytarish to‘g‘risidagi xatiga asosan tamomlash mumkunligini aytgan.
Hozirda qarzdor A.O.Maxamatovga nisbatan qo‘llanilgan Toshkent shahar IIBB, YHXBning 05.05.2022 yildagi 2207101967478-sonli qarori, Toshkent shahar IIBB,YHXBning 2022 yil 20 avgust kungi №27/14 MAB sonli xatiga asosan, Qonunning 41-moddasi 3-bandiga asosan tamomlangan.
Biroq Toshkent shahar IIBB, YHXB tomonidan yuborilgan 11.04.2022 yilgi qaroriga asosan davlat foydasiga 135.000 so‘m jarima va 6.750 so‘m ijro yig‘imi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha, qarzdor A.O.Maxamatov bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lsada jarima summasini bugungi kunga qadar to‘lashdan bo‘yin tovlab kelmoqda.