Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Prokuratura 28 ming dollarlik valyuta savdosini to‘xtatdi

A A A
Prokuratura 28 ming dollarlik valyuta savdosini to‘xtatdi

Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 162 mln so‘mlik valyuta savdosi to‘xtatib qolindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Fuqarolar M. va E.lar har bir AQSh dollarini 8120 so‘mdan hisoblab, 20 ming AQSh dollarini 162,4 mln so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlangan. Ulardan 14,4 mln so‘m va 20 ming AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
 
Yana bir noqonuniy valyuta savdosi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh qilingan.
 
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Qoravulbozor filiali bosh hisobchisi A. har bir AQSh dollarini 8025 so‘mdan hisoblab, 8000 AQSh dollarini 64,2 mln. so‘mga sotgan vaqtda ushlangan. Bu ishda unga tanishi SH. yordam bergan. 8000 AQSh dollari esa ashyoviy dalil sifatida olingan.
 
Har ikki holat yuzasidan fuqaro jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 17:21 28.09.2018. O'qildi: 1214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik