Saylov Kodeksiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Nomzod etib ro‘yxatga olingan shaxsga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi beriladi.
Bu borada Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning guvohnomasi namunasi va tavsifini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyatga ega. Chunki, ushbu hujjat – eng yuqori davlat lavozimiga nomzod sifatida ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning guvohnomasi 125 x 90 millimetr o‘lchamdagi to‘q yashil rangli qattiq charm muqovali kitobcha ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Nomzod guvohnomasining old tomoni chap qismining yuqorisida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining zar rangli tasviri aks etgan bo‘lib, pastda esa o‘rtaroqda “GUVOHNOMA” degan matn joylashtiriladi.
Nomzod guvohnomasi ichki so‘l tomonining yuqori qismiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, pastroqda esa — ikki satrda “O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi” so‘zlari joylashtiriladi.
Guvohnoma ichki co‘l tomonining o‘rta qismi o‘ngrog‘ida Nomzodning 45x35 millimetr o‘lchamdagi rangli fotosurati, chaprog‘ida esa “O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod” so‘zlari joylashtiriladi. Fotosurat chap tomonining pastki burchagiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining gerbli muhri bosiladi.
Guvohnoma ichki o‘ng tomonining yuqori qismida ikki satrda “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi” so‘zlari, pastroqda bir satrda saylov sanasi, undan pastroqda “GUVOHNOMA” so‘zi joylashtiriladi, guvohnomaning tartib raqami qo‘yiladi. Ushbu matndan pastroqda alohida satrda Nomzodning familiyasi, ismi va otasining ismi, undan pastroqda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganligi haqida ma’lumot joylashtiriladi.
Guvohnoma ichki o‘ng tomonining pastki qismida “O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi” degan matn joylashtiriladi. Markaziy saylov komissiyasi Raisining imzosi, ismining bosh harfi va familiyasi qo‘yiladi.
Guvohnomaning ichki tomonlari maxsus qog‘ozdan tayyorlangan va shaffof plyonka bilan qoplangan bo‘ladi. Zaruratga qarab guvohnomaga golografik belgi qo‘yilishi va uni to‘ldirishda turli ranglar va bezaklardan foydalanilishi mumkin.