Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Prezident tashabbusi bilan suratga olinayotgan "Maxtumquli" filmining Turkmanistondagi suratga olish ishlari yakunlandi

Prezident tashabbusi bilan suratga olinayotgan "Maxtumquli" filmining Turkmanistondagi suratga olish ishlari yakunlandi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi va "Turkmanfilm" hamkorligida buyuk turkman shoiri Maxtumquli haqida film suratga olinmoqda.

Mazkur filmining Turkmanistondagi s’yomka jarayonlari tugadi. Rejissyor Muzaffarxon Erkinov, postanovkachi operator Ravshan Mirzakamalov. Maxtumkuli rolini turkman aktyori Axmed Amanturdiyev gavdalantirmoqda.

Film Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan ishlab chiqarilayotgan bo‘lib, shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlanadi.

Ma’lumot uchun, 2024 yil 19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida qarori qabul qilingan edi.

Kiritildi: 13:26 06.07.2024. O'qildi: 1710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!