Bugun 3 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Prezident Shavkat Mirziyoyevning asari Garvard kutubxonasiga taqdim etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning asari Garvard kutubxonasiga taqdim etildi


O‘zbekiston delegasiyasining AQShga safari doirasida Garvard universiteti kutubxonasiga davlat rahbarining ingliz tilida chop etilgan «Yangi O‘zbekistonning “yashil” taraqqiyot yo‘li» kitobi topshirildi.

Shuningdek, «Shavkat Mirziyoyev – jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi», «Mustaqillik zafarnomasi» hamda «Yangi O‘zbekiston: tinchlik, insonparvarlik va bag‘rikenglik diyori» kitob-albomlari ham taqdim etildi.

Delegasiya tarkibida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Barqaror rivojlanish markazi, Toshkent shahar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash markazi va Xalqaro Business Diplomat missiyasi vakillari bo‘lgan.

Garvardning noyob kitoblar va qo‘lyozmalarga ixtisoslashgan Xouton kutubxonasi vakili Kristina Jeykobson ushbu nashrlar xalqaro ilmiy muhitda O‘zbekiston haqidagi bilimlarni kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 19:56. O'qildi: 235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!