Bugun 1 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb qo‘shma bayonot imzoladilar

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb qo‘shma bayonot imzoladilar

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb Qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Etakchilar huzurida turli yo‘nalishlarda, shu jumladan:

– savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish;

– foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi hamkorlik;

– geologiya fanlari, geologik qidiruv, foydali qazilmalar va yer osti suvlarini izlash hamda konchilik sohalaridagi hamkorlik;

– raqamli transformatsiya, innovasiyalar va raqamli o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;

– ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlik;

– maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga raqamli ta’lim platformasini joriy etish bo‘yicha hamkorlik;

– ta’lim, fan va innovasiyalar sohalaridagi hamkorlik;

– raqamlashtirish va suv resurslarini boshqarish sohasidagi fan-ta’lim salohiyatini oshirish;

– iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit muhofazasi borasidagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: 20:12 31.10.2025. O'qildi: 1367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!