Bugun 1 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Osiyo yoshlar o‘yinlarida O‘zbekiston 2-o‘rinni egalladi

Osiyo yoshlar o‘yinlarida O‘zbekiston 2-o‘rinni egalladi

Oldinda faqat — Xitoy, orqada — Qozog‘iston, Hindiston, Eron va boshqalar.

Bahraynda bo‘lib o‘tgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida 45 mamlakatidan 4000 nafardan ortiq yosh sportchilar ishtirok etdi. O‘zbekistonlik sportchilar 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza, jami 81 ta medal qo‘lga kiritishdi.

Taqqoslash uchun — I Osiyo yoshlar o‘yinlarida O‘zbekiston 3 ta bronza, II O‘yinlarda — 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan, deb xabar qilmoqda Olimpiya qo‘mitasi.

Kiritildi: 21:35 31.10.2025. O'qildi: 1540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!