Xabaringiz bor, Toshkentda Osiyo Olimpiya Kengashining 46-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu tadbirda Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Gennadiy Golovkin ham ishtirok etyapti. GGG bir paytning o‘zida World Boxing prezidenti ham hisoblanadi.
Rasmiy uchrashuvda tomonlar Olimpiya boksini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Golovkin O‘zbekistonning jahon boksidagi strategik hamkor sifatida muhimligini ta’kidlab, Osiyoda ushbu sport turini rivojlantirishda faol ishtirok etayotgani, jahon va qit’a miqyosidagi musobaqalarni tashkil etishda o‘z hissasini qo‘shayotganini qayd etdi.
World Boxing rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyevga qabul uchun minnatdorlik bildirib, Xalqaro federasiya mintaqada boksni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish niyatini tasdiqladi.