Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Prezident farmoni bilan 264 kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Prezident farmoni bilan 264 kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 264 nafar shaxsni O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Fuqarolikka qabul qilinganlar orasida 40 yildan buyon fuqarolik olishni kutib kelganlar ham bor. Telekanal lavhasida Xursana Jumaboyeva 2000 yilda O‘zbekistonga ko‘chib kelgani, biroq ko‘p yillar davomida fuqaroligi bo‘lmagani sababli Tojikistonga bora olmaganini aytgan. Robiya Qahhorova esa O‘zbekiston fuqaroligini 40 yil kutganini ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, fuqarolikka qabul qilingan 264 kishining 90 nafari Surxondaryo viloyatida istiqomat qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin 1991–2007 yillar oralig‘ida 482 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berilgan. 2007–2016 yillarda esa fuqarolikka qabul qilish holatlari qayd etilmagan. 2016 yildan buyon qariyb 26 ming kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan.
Kiritildi: 15:12 27.08.2026. O'qildi: 1294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!