Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdug‘an Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan telefon orqali suhbatlashdi. Suhbat chog‘ida tomonlar Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlashuv, ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.
Prezident Erdug‘an Eronning yadroviy dasturi yuzasidan kelishmovchiliklarni hal qilishning yagona yo‘li — muzokaralar stoliga qayta kelish ekanini ta’kidladi. U Isroilning Eronga hujumi xavfli keskinlashuvga olib kelganini va bu butun mintaqa xavfsizligiga tahdid solayotganini bildirdi.
Turkiya Prezidenti, shuningdek, zo‘ravonlikning kuchayib borishi nafaqat Yaqin Sharq, balki Yevropa uchun ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Jumladan, u yangi migrasiya to‘lqini va yadroviy chiqindilarning siznishi xavfiga e’tibor qaratdi.
Erdug‘an Turkiya munoqisha boshidanoq uni to‘xtatish va mintaqada tinchlikni tiklash uchun harakat qilayotganini qayd etdi. U Anqara bu yo‘nalishdagi diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini tasdiqladi.