Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “N.I.” MCHJ avtomaktabi ustasi I.X. “V” va “S” toifali haydovchilik guvohnomalarini olib berishi uchun ikki nafar fuqaroga ushbu MCHJda o‘quv kursini tamomlaganliklari haqida sertifikat olib berishini va’da qilib, evaziga 1 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Xiva shahri bo‘limi xodimlari o‘tkazilgan tezkor tadbirda “H.A.” MCHJ avtomaktabi xodimi X.S. go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro A.A.ga haydovchilik guvohnomasi olishi uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishi evaziga 800 AQSh dollari va 2,4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.