Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Pragada Putinga qarshi norozilik aksiyasi uyushtirilib, uning boshi yoqib yuborildi

A A A
Pragada Putinga qarshi norozilik aksiyasi uyushtirilib, uning boshi yoqib yuborildi

Chexiya poytaxti Pragada Vladimir Putinga qarshi norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi, unda Rossiya prezidentining qo‘g‘irchoq boshi yoqib yuborildi, deb xabar beradi ASTRA.

Bundan tashqari, shahardagi Vaslav maydoniga faollar tomonidan “Praga Putinga qarshi” yozuvli kub o‘rnatildi. Kubga istalgan odam yozuv qoldirishi mumkin bo‘ldi, ular asosan “N” harfi (Navalniy ma’nosida)ni, shuningdek, “Sevgi qo‘rquvdan kuchliroq”, “Ukrainaga va Rossiya ozodligiga shon-sharaflar”, “Tinchlik”, “Urushga yo‘q deymiz!” va “Putinga o‘lim” kabi shiorlardan iborat bo‘ldi.

Aksiyadan maqsad — Rossiya muxolifatiga yakdillik izhor etib, chexiyaliklar va ukrainaliklarga Pragadagi rossiyaliklar urushga va Putinga qarshi chiqishini hamda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatish, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 12:06 19.03.2024. O'qildi: 1556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!