Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Poytaxtda belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotganlarga nisbatan reydlar o‘tkazilmoqda

Poytaxtda belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotganlarga nisbatan reydlar o‘tkazilmoqda

Toshkent shahar hokimligi aholiga ogohlantirish bilan chiqib, poytaxtda tozalikni saqlash uchun qat’iy choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlayotgan qoidabuzarlarga qarshi ommaviy reydlar o‘tkazilmoqda. Ularga nisbatan amaldagi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq jazo choralari qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy, qurilish yoki suyuq chiqindilarni tashlash quyidagi jarimalarga olib keladi:

  • Fuqarolar uchun: Bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1 baravaridan 3 baravarigacha, ya’ni 340 000 so‘mdan 1 020 000 so‘mgacha.
  • Mansabdor shaxslar uchun: BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha, ya’ni 3 400 000 so‘mdan 6 800 000 so‘mgacha.

Agar bunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan so‘ng bir yil ichida qayta sodir etilsa, fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 700 000 so‘mdan 3 400 000 so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 30 baravarigacha (6 800 000 so‘mdan 10 200 000 so‘mgacha) jarima solinadi.

Shuningdek, maxsus poligonlarga qo‘yilishi kerak bo‘lgan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 2023 yilda O‘zbekistonda belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq 17 000 dan ortiq huquqbuzarlik holatlari qayd etilgan bo‘lib, ular uchun jami 7,6 milliard so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

Kiritildi: 18:00 12.03.2025. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!