"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh kelasi yozda Ispaniyaning "Real" klubi uchun transfer maqsadiga aylandi.
Daily Star nashrining eksklyuziv materialida yozilishicha, so‘nggi oylarda "Real" skautlari "Yunayted"ning deyarli barcha o‘yinlarida - uyda ham, safarda ham ishtirok etishgan.
La Liga grandi vakillari ko‘rganlaridan mamnun bo‘lishgani aniq, chunki 30 yoshli portugaliyalik "Yunayted" safida so‘nggi 7 o‘yinda 7 ta gol va 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
"Yunayted" Fernandeshni sotmoqchi emas, ammo "qizil iblislar" moliyaviy feyr-pley nuqtai nazaridan zaif holatda va 90 million funt atrofidagi taklifni qabul qilishi mumkin.
"Real" Fernandeshni "Tottenxem"ning 39 yoshli sobiq yarim himoyachisi Luka Modrichning vorisi sifatida ko‘rmoqda.
Qo‘shimcha qilamiz, "Yunayted"da Fernandesh bilan 12 oyga uzaytirish imkoniyati bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bor.