Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Portugaliya terma jamoasi a’zosi "Real Madrid"ga ko‘chib o‘tishi mumkin

Portugaliya terma jamoasi a’zosi "Real Madrid"ga ko‘chib o‘tishi mumkin

Portugaliya terma jamoasi va "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Defensa Central jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 30 yoshli futbolchining xizmatlariga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda. Bernarduning "shaharliklar" bilan shartnomasi kelasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi. Shu bois, "qaymoqranglilar" portugaliyalik futbolchini arzon narxda o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Madridliklarning fikricha, Silva jamoaning o‘rta chizig‘i uchun yaxshi kuchaytiruvchi bo‘ladi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi 40 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 10:20 04.04.2025. O'qildi: 663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!