Pekin Vashingtonning Xitoyda ishlab chiqarilgan kemalardan port yig‘imi joriy etish rejalariga qarshi chiqmoqda, XXR o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun choralar ko‘radi. Bu haqda Xitoy Tijorat vazirligi ma’lum qildi.
"Xitoy bu borada kuchli norozilik va qat’iy e’tiroz bildiradi. Xitoy AQShdagi voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib boradi va o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘radi", deyiladi vazirlik bayonotida.
Qayd etilishicha, AQShning rejalari Xitoy kompaniyalarining qonuniy huquq va manfaatlariga jiddiy potensial zarar yetkazadi, ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlarini beqarorlashtiradi, JST qoidalarini buzadi.
"Ular qoidalarga asoslangan ko‘p tomonlama savdo tizimi va xalqaro savdo-iqtisodiy savdo tartibiga jiddiy putur yetkazadi," deya ta’kidladi vazirlik.