Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Pora olgani uchun avval qamalgan YPX xodimi yana pora bilan ushlanib, 5 yilga qamaldi

Pora olgani uchun avval qamalgan YPX xodimi yana pora bilan ushlanib, 5 yilga qamaldi

Surxondaryoda muqaddam pora olishda ayblanib, keyin oqlangan va xizmatga tiklangan YPX xodimi yana pora olishda aybdor deb topildi.

U Boysun tumanidagi YPX maskanida paxta ortilgan yuk mashinalarini to‘xtatib, har birini o‘tkazib yuborish uchun 100 ming so‘mdan pul talab qilgan.

Tezkor tadbirda xodim 41 ta mashina uchun talab qilingan 4,1 mln so‘mning 4 mln so‘mini olgan vaqtida ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, u 2014 yilda ham pora olishda ayblanib, 6 yilga qamalgan, ammo 2022 yilda Oliy sud qarori bilan oqlangan va xizmatga tiklangan.

⚖️ Sud unga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish hamda 2 yilga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Apellyasiya sudi hukmni o‘zgarishsiz qoldirgan.

Kiritildi: 20:35 22.09.2026. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!