Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Polshada vafot etgan ikki nafar hamyurtimiz jasadlari Vatanga olib kelindi

Polshada vafot etgan ikki nafar hamyurtimiz jasadlari Vatanga olib kelindi

O‘zbekiston elchixonasi vakillari joriy yil avgust va sentyabr oylarida Polshada vafot etgan ikki nafar hamyurtimizning jasadlarini vatanga qaytarish uchun zarur choralarni ko‘rdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

24 avgust kuni Olshtin shahrida balandlikdan yiqilib, og‘ir bosh miya jarohati olib vafot etgan J.X.ning jasadi 5 sentyabr kuni vataniga olib kelingan.

5 sentyabr kuni Shesin shahrida vafot etgan T.E.ning jasadi 20 sentyabr kuni Toshkentga olib kelingan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘limga qoqshol sabab bo‘lgan.

Shuningdek o‘qing

1Rossiyadagi vatandoshlarning yurtimizga qaytishiga ko‘maklashildi›

2Novosibirskda vatandoshlarga mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tushuntirish berildi›

3Leningrad viloyatida O‘zbekiston fuqarolari uchun mehnat imkoniyatlari kengaymoqda›

4Novosibirskda mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan suhbat o‘tkazildi›

5Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan hamyurtimizning vataniga qaytishiga ko‘maklashildi›

Har ikki holatda ham jasadlarni Polshadan O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha barcha xarajatlar Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Migrasiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplandi.

Elchixona Polsha organlari bilan birgalikda vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish jarayonini muvofiqlashtirdi. Bunday sa’y-harakatlar vafot etganlarning yaqinlariga qiyin davrda qo‘shimcha yordamdir.

Kiritildi: 17:17 24.09.2026. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!