Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Polshada maktabda qotillikka tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘smir qo‘lga olindi

Polshada maktabda qotillikka tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘smir qo‘lga olindi

Polshada maktabda bir necha kishini o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rgan 14 yoshli o‘smir qo‘lga olindi, deb yozadi Wprost.

Nashrning aniqlik kiritishicha, huquq-tartibot idoralariga yigitning niyatlari haqida uning dugonasi va onasi xabar bergan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs qurol sotib olish haqida gapirgan va unga ijtimoiy tarmoqlarda maktablardagi otishma haqida video yuborgan.

Aniqlik kiritilishicha, qo‘lga olish chog‘ida o‘smirdan "100 foiz yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan shaxslar ro‘yxati" deb nomlangan yon daftarchasi olib qo‘yilgan. Bloknotda oltita o‘quvchi va to‘rtta o‘qituvchining ismlari yozilgan edi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘smir ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tekshiruvga yuborilgan.

Kiritildi: Bugun 19:03. O'qildi: 241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!