Polsha Ukrainadagi urush oqibatida qariyb 500 milliard yevro miqdorida iqtisodiy zarar ko‘rgan.
Bu haqda Polsha parlamentining Ukraina bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha kengashi rahbari, hukmron "Fuqarolik koalisiyasi" partiyasi deputati Pavel Koval Polsat News telekanali efirida ma’lum qildi.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, mazkur hisob-kitoblar Polsha Bosh statistika boshqarmasi rahbari bilan hamkorlikda tashkil etilgan maxsus iqtisodchilar guruhi tomonidan amalga oshirilgan.
"Biz Bosh statistika boshqarmasi rahbari bilan birgalikda tuzgan guruhning hisob-kitoblari shuni yaqqol ko‘rsatmoqdaki, Ukrainadagi urushdan Polsha kabi mojaroda bevosita ishtirok etmayotgan davlatlar ham zarar ko‘rmoqda.
Masalan, Polshaning yo‘qotishlari qariyb 500 milliard yevroga yetgan.