Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Polsha “Shimoliy oqim” gaz quvurlarini portlatishda gumon qilinayotgan ukrainalikni Germaniyaga topshirishni rad etdi — OAV

Polsha “Shimoliy oqim” gaz quvurlarini portlatishda gumon qilinayotgan ukrainalikni Germaniyaga topshirishni rad etdi — OAV

Polsha ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Ukraina fuqarosi Vladimir Juravlyov Varshavadagi okrug sudi zalidan ozod qilingan.

Sud qarorida ta’kidlanishicha, Germaniya tomoni Juravlyovning aybdorligini isbotlovchi “etarli dalillar keltirmagan”, unga qo‘yilgan ayblar esa “Rossiya 2014 yildan buyon Ukrainaga qarshi olib borayotgan jinoiy va genosid urushi sharoitida” sodir etilgan.

Ma’lumot uchun, “Shimoliy oqim - 1” va “Shimoliy oqim - 2” gaz quvurlaridagi portlashlar 2022 yil sentyabrda yuz bergan. Berlin sodir bo‘lgan voqeani terakt deb baholagan. Germaniya tergovchilar faraziga ko‘ra, Juravlyov “Shimoliy oqim” gaz quvurlariga portlovchi qurilmalar o‘rnatishda ishtirok etgan.

Juravlyov Polshada o‘sha yil sentyabr oyining oxirida qo‘lga olingan. Bundan sal oldin, avgust oyida Italiyada Germaniyaning so‘roviga binoan Ukraina Qurolli kuchlarining iste’fodagi kapitani Sergey Kuznesov hibsga olingan. U ham “Shimoliy oqim” quvurlaridagi portlashlarga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Italiya sudi uni Germaniyaga topshirishga qaror qilgan.

Kiritildi: 19:21 17.10.2025. O'qildi: 766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!