Kuni kecha Rossiyaning sobiq prezidenti, hozirda Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan Dmitriy Medvedev X tarmog‘ida Yevropa Ittifoqi davlatlari rasmiylari "Rossiya bilan bir tomonlama urushga kirishgani" va yevropaliklar "buni tushunishlari kerakligi" haqida yozgan edi. O‘sha kunning o‘zida Medvedev yana bir post e’lon qilib, Yevropa fuqarolari "endi tinch uxlay olmasliklarini" ta’kidladi.
"Rossiya tomonidan provokasiyalar borgan sari ko‘paymoqda. Kecha Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Yevroittifoq fuqarolarining tinch uyqusi tugaganini aytdi. NATO'dagi barcha nihoyat bu faktlar va so‘zlarni jiddiy qabul qilishni boshlashi kerak", — deya bunga munosabat bildirdi Polsha bosh vaziri Donald Tusk.
Shu bilan birga, Tusk Polsha, Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Ruminiyadagi dronlar bilan bog‘liq hodisalarni eslatib o‘tdi.