Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Xitoy cho‘lda ulkan “yadroviy qalqon” qurmoqda

Xitoy cho‘lda ulkan “yadroviy qalqon” qurmoqda

Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Pekin butun boshli yadroviy tarmoqni — o‘nlab uchirish maydonchalari, bunkerlar, aerodromlar va aloqa uzellarini barpo etmoqda.

Mazkur qurilish mamlakat shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanining Xami cho‘l okrugida boshlangan.

"Bularning barchasi yagona maqsadga, AQSh tomonidan ehtimoliy zarba berilgan taqdirda ham raketalar ustidan nazoratni va kafolatli javob qaytarish imkoniyatini saqlab qolishga xizmat qiladi", deya yozmoqda Reuters.

Qurilish ko‘lami hozirdanoq misli ko‘rilmagan deb baholanmoqda. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, gap minglab kvadrat kilometrlik mustahkamlangan infratuzilma haqida bormoqda.

Ta’kidlanishicha, bu tarmoq Pekinning javob zarbasini berish imkoniyatlarini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlari sezilarli darajada oshganidan dalolat beradi.

Kiritildi: Bugun 14:12. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!