Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismidagi masjid yaqinida sodir bo‘lgan portlashda kamida 21 kishi, jumladan, 15 nafar polisiya xodimi halok bo‘ldi.
Bu haqda Geo News telekanali tibbiyot xodimlariga tayanib xabar berdi.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, yana 103 kishi jarohat olgan.
Portlash bugun Xayber Paxtunxva viloyatining Kohat shahridagi Polisiya liniyalari majmuasida sodir bo‘lgan. Xudkush terrorchi qurilmani portlatgan. Huquqni muhofaza qilish organlari shuningdek, olti nafar jinoyatchini o‘ldirgan. Pokiston rasmiylari bu hodisani terroristik hujum deb tasnifladi.