Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Pokistonda masjid yaqinidagi portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi

Pokistonda masjid yaqinidagi portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi

Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatidagi masjid yaqinida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi.

The News Pakistanning xabar qilinishicha, portlash juma namozi vaqtida yuz bergan.

50 dan ortiq odam jarohatlangan. Halok bo‘lgan 15 kishining jasadi va jarohatlangan 50 dan ortiq fuqaro shifoxonaga olib ketilgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, portlash oqibatida masjid yaqinida chuqur o‘yiq hosil bo‘lgan. Jarohatlanganlar orasida polisiya xodimlari ham bor.

Qutqaruv xizmatlari masjidning tashqi qismi jiddiy shikastlangani va devor qulab tushganini ma’lum qildi. Hozirda voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Kohat tumani shifoxonasida favqulodda holat rejimi joriy etildi, deb xabar berdi report.az.

Kiritildi: 17:10 18.09.2026. O'qildi: 327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!