Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pokiston o‘z raketa kuchlarini tuzmoqchi

Pokiston o‘z raketa kuchlarini tuzmoqchi

Pokiston qurolli kuchlar tarkibida raketa kuchlarini shakllantirish niyatida.

Bu haqda Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi qo‘shinlar urush sharoitida qurolli kuchlarning jangovar qobiliyatini oshiradi va zamonaviy texnika bilan jihozlanadi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu kuchlar Pokiston armiyasining jangovar qobiliyatini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ladi. Hukumat rahbari qo‘shimcha ma’lumot bermadi.

O‘z navbatida, yuqori martabali xavfsizlik xodimining aytishicha, raketa qo‘shinlari o‘z qo‘mondonligiga ega bo‘lib, ularni boshqarish va urush sharoitida joylashtirish uchun javobgar bo‘ladi.

"Shubhasiz, ular Hindiston uchun mo‘ljallangan", dedi u.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat aprel oyida Kashmirda 26 nafar tinch aholining o‘limidan so‘ng kuchayganida, Yangi Dehli Islomobodni ayblagan edi.

Voqea qurolli mojaroga aylanib ketdi. 10 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Hindiston va Pokiston sulhga kelishib olganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 14:10 14.08.2025. O'qildi: 979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!