Pokiston Ukrainaga qurollar yetkazib bergani uchun bor-yo‘g‘i 4 kunlik urush uchun yetarli o‘q-dorilarga ega, - Hindiston OAVlari
ANI News manbalariga ko‘ra, Pokiston Hindiston bilan to‘qnashuv xavfi ostida artilleriya o‘q-dorilarining keskin tanqisligiga duch kelmoqda. Bunga sabab sifatida Ukraina va Isroilga yirik miqyosda yashirin qurol yetkazib berish ko‘rsatilgan.
Ukrainada urush boshlanganidan beri Pokiston zavodlari o‘n minglab gaubisa va raketa snaryadlarini, shu jumladan Grad va M109 tizimlari uchun o‘q-dorilarni Ukrainaga o‘tkazgan. Natijada mamlakatning asosiy qurollari yetarlicha ta’minotsiz qoldi.