Pokiston Trampga 2026 yilda Nobel Tinchlik mukofotini berishni taklif qildi — «so‘nggi Kashmirdagi keskinlik vaqtida uning hal qiluvchi diplomatik aralashuvi va yetakchi rolini tan olish sifatida».
The Hindu nashrining yozishicha, Pokiston Tashqi ishlar vazirligi Trampning «strategik ko‘rish qobiliyati va davlat donoligini» ta’kidlab, tarnglikni kamaytib, keng ko‘lamli mojaroni oldini olganini bildirdi. Shuningdek, Tramp «Kashmir bo‘yicha vositachilik taklif qilgan» va global jarayonlarda ijobiy rol o‘ynashda davom etmoqda.
Tramp esa bir necha marotaba ikki yadro davlat orasidagi urushni oldini olishda aynan uning sa’y-harakatlari yordam berganini aytgan. Ammo Hindiston buni rad etar ekan, otishmani to‘xtatish bo‘yicha kelishuv ikki mamlakat harbiylari o‘rtasida bevosita erishilganini, AQSh aralashmaganini ta’kidlaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, AQSh prezidenti kecha kechqurun o‘zining Truth Social platformasida yozishicha, u allaqachon hal qilgan mojarolar uchun Nobel Tinchlik mukofotini ololmasligini, chunki bu mukofot «faqat liberalarga beriladi». U bu mojarolar qatorida Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlikni ham sanab o‘tdi.
«Men nima qilmasinman, Rossiya/Ukraina, Isroil/Eron — natijalar qanday bo‘lmasin, Nobel Tinchlik mukofotini olmayman, lekin odamlar biladi, va bu mening uchun eng muhimi», — dedi Tramp.
AQSh prezidentining bunday mukofotni olishni istashi haqida oldinroq Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton hamda boshqa amerikalik faol shaxslardan bir nechtasi gapirgandi.