Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Pokiston Makka mudofaa shartnomasini amalga oshirishga tayyorligini e’lon qildi

Pokiston Makka mudofaa shartnomasini amalga oshirishga tayyorligini e’lon qildi

Pokiston husiylarning Makkaga dron hujumidan so‘ng Makka mudofaa shartnomasini amalga oshirishga tayyorligini e’lon qildi.

Bu haqda Pokiston mudofaa vaziri Xavoja Asif 17 sentyabr kuni ma’lum qildi.

"Islomobod Makka kelishuvi bo‘yicha o‘z burchini bajarishga to‘liq tayyor. Kelishuv Pokistonga taalluqli va mamlakat o‘z vazifasini ado etadi", — dedi Pokiston mudofaa vaziri Xavoja Asif Geo News telekanaliga bergan intervyusida.

"Agar Makkaga hujum qilinsa, uni himoya qilish uchun biror shartnomaning ham hojati yo‘q. Islom olamining muqaddas joylarini himoya qilish shartnoma bo‘lmagan taqdirda ham burchimiz hisoblanadi", — deya ta’kidladi Asif.

Xavoja Asif mudofaa kelishuvi uch davlatdan birining hududiy yaxlitligi buzilgan taqdirda, o‘zaro yordamni nazarda tutishini qo‘shimcha qildi. U bu borada hech qanday shubha yo‘qligini va Pokiston o‘z harbiy strategiyasini ochiq muhokama qilmasligini bildirdi.

Asif Pokiston Saudiyaning munosabatini Eronga yetkazganini aytdi. U Eron davlat sifatida yangi urush frontini ochmaydi deb hisoblashini bildirdi. Vazirlar mahkamasi vakili Eron davlati va nodavlat guruhlar o‘rtasida farq borligini, bunday guruhlar rasmiy ruxsatsiz ham harakat qilishi mumkinligini aytdi.

Pokiston rasmiysining bayonoti Saudiya Arabistoni Makka shahri janubida husiylarning dronini urib tushirganini ma’lum qilganidan so‘ng yangradi. Saudiya tarafining bildirishicha, dron 15 sentyabr kuni Makka havo hududiga kirmasdanoq yo‘q qilingan. Husiylar esa Makka yoki boshqa islomiy muqaddas joylarni nishonga olganini rad etdi.

Avgust oyida Makkada Pokiston, Turkiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida uch tomonlama mudofaa shartnomasi imzolangan edi. Hujjat jamoaviy tiyib turish tizimini belgilaydi. Unga ko‘ra, mamlakatlardan birortasiga qilingan hujum barchaga qilingan hujum deb baholanadi.

Kiritildi: 09:25 18.09.2026. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!