Pokiston bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Ishoq Dar mamlakat Qurolli kuchlari yuqori shay holatga keltirilgani va Hindiston hududiga javob zarbalarini berayotganini aytdi.
Bu haqda “Geo” telekanali xabar bermoqda .
Vazirning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyat Hindiston o‘z xatolarining jiddiyligini anglashda o‘z rolini o‘ynashi kerak. U Nyu-Dehlining so‘nggi ikki kundagi harakatlarini qoraladi: “Biz Hindiston provokasiyalarini davom ettirishini kuta olmaymiz”.
Pokiston harbiylari mamlakatga qarshi hujumlarda ishtirok etgan Hindiston harbiy obektlariga raketa zarbalari berilayotganini aytdi.
Pokiston hukumati, o‘z navbatida, hujumlar yuzasidan bayonot berib, Islomobod Hindiston tajovuziga munosib javob berganini ta’kidladi: “Bu operasiya Hindistonning bizning yerimizga, xalqimiz va suverenitetimizga birinchi hujumiga javob tariqasida amalga oshirilmoqda”.