Xitoyda tashqi ko‘rinishi uchar likopchaga o‘xshash g‘ayrioddiy elektr uchish apparati sotila boshlandi.
eVTOL kompaniyasi ikki kishilik elektr uchish apparatini taxminan 800 ming yuanga baholagan
Suv va quruqlikka qo‘na oladigan qurilma 30 metr balandlikda 15 daqiqagacha ucha oladi. U kuchli shamolda ham avtopilot orqali harakatlanishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi apparatdan sayyohlik va ko‘ngilochar shoularda foydalanishni taklif qilgan.
Qurilma allaqachon Xitoy aviasiya regulyatoridan fuqaro uchuvchisiz uchish apparatlari uchun maxsus parvoz ruxsatnomasini olgan.
Konstruksiya disksimon korpus va to‘liq shaffof sferik kabinaga ega bo‘ldi. Qurilmani yaratishda uglerodli plastik va aviasiya alyuminiy qotishmasidan foydalaniladi. Vintlar korpusdagi maxsus kanallar ichiga joylashtirilgan. Bunday yechim bir vaqtning o‘zida apparatning tashqi ko‘rinishini shakllantiradi