Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Pokiston Afrikadagi Ebola epidemiyasi sabab aeroportlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirdi

Pokiston Afrikadagi Ebola epidemiyasi sabab aeroportlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirdi

Pokiston hukumati Afrikada Ebola virusi tarqalayotgani sabab mamlakat aeroportlarida sanitariya nazoratini kuchaytirdi. Bu haqda Dawn nashri Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sog‘liqni saqlash vaziri Mustafo Kamol virus tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatga kirib kelayotgan yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha tekshiruv choralarini joriy etishni buyurgan.

Shuningdek, Afrika davlatlariga sayohat qilishni rejalashtirayotgan fuqarolarga rasmiy sayohat tavsiyalarini diqqat bilan o‘rganish tavsiya etilgan.

Pokiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, Ebola aniqlangan davlatlar bilan havo qatnovi cheklangani sabab virusning mamlakatga kirib kelishi xavfi pastligicha qolmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistonda hozirgacha Ebola kasalligi qayd etilmagan.

15 may kuni Kongo Demokratik Respublikasi va Uganda hududida Ebola epidemiyasi e’lon qilingan edi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, hozirgacha 175 nafardan ortiq odam halok bo‘lgan va taxminan 750 ta gumonli holat qayd etilgan.

Kiritildi: 23:22 23.05.2026. O'qildi: 108 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!