Eron prezidenti iste’foga chiqishi haqida mish-mishlar tarqaldi, Pizishkiyon buni rad etdi.
Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon 4 avgust kuni o‘z iste’fosi haqida tarqalgan xabarlar yolg‘on ekanini aytib, video muroaat e’lon qildi.
"Agar iste’foga chiqmoqchi bo‘lsam, buni ochiq-oydin e’lon qilardim. Men iste’foga chiqmayman va kurashni davom ettiraman", — dedi prezident televedeniye orqali qilgan murojaatida.
Pizishkiyon, shuningdek, oliy rahnamo Mujtabo Xominaiy va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bilan o‘rtalarida kelishmovchilik borligi haqidagi da’volarni rad etdi. U Erondagi barcha tuzilmalar to‘liq hamjihatlikda ishlayotganini ta’kidladi.
"Har qanday kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda ham, qurolli kuchlar oliy rahnamo Mujtabo Xominaiy tomonida bo‘lishini hamma yaxshi biladi", — deya qo‘shimcha qildi Pizishkiyon.
Avvalroq Eron muxolifatchilarining ommaviy axborot vositalari Pizishkiyon Xominaiyga bir necha bor iste’foga chiqish bo‘yicha ariza bergani haqida xabar tarqatgan edi.