Bugun 5 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Daniya malikasi Izabella harbiy xizmatga ketdi

Daniya malikasi Izabella harbiy xizmatga ketdi

Daniya monarxi Frederik X ning 19 yoshli qizi malika Izabella harbiy xizmatga ketdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

U Zelandiya orolidagi Slagelse shahri yaqinida joylashgan Gvardiya gusar polkida 11 oy davomida xizmat qiladi. Izabella ushbu bo‘linmaning harbiy xizmatchilari uchun beriladigan taxminan 9 ming Daniya kronasi (1,38 ming AQSh dollari) miqdoridagi maoshni olmaslikka qaror qilgan.

Xizmatning dastlabki besh oyi asosiy harbiy tayyorgarlikni, qolgan olti oyi esa shtat majburiyatlarini bajarishni o‘z ichiga oladi. Uning akasi, valiahd shahzoda Kristian ham xuddi shu polkda xizmat qilish paytida armiya maoshidan voz kechgandi.

Kiritildi: 15:22 04.08.2026. O'qildi: 1290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!