Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Peter Madyar agar Ukrainadagi vengr ozchiligining huquqlari bo‘yicha tomonlar kelishuvga erishsa, Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

Peter Madyar agar Ukrainadagi vengr ozchiligining huquqlari bo‘yicha tomonlar kelishuvga erishsa, Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda ikki mamlakat o‘rtasidagi muzokaralar “juda umidbaxsh shaklda” o‘tmoqda.

"Agar biz Ukrainada vengr tilining maqomi borasida kelishsak, Volodimir Zelenskiy bilan kelasi hafta boshida muzokaralarda qatnashishga tayyorman. Biz kelishuvlarni ularni shu haftayoq texnik darajada yakunlashga muvaffaq bo‘lishimizga umid qilmoqdamiz", — dedi Vengriya bosh vaziri.

Politico'ning xabar berishicha, Vengriyaning yangi rahbariyati Ukrainada yashovchi vengrlarning huquqlari bo‘yicha ukrainalik va vengriyalik ekspertlar o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qo‘yilgan vetoni olib tashlashga tayyor ekanini norasmiy tarzda bildirgan. Muzokaralar 16 iyunda boshlanishi kerak.

Diplomatlardan birining nashrga ma’lum qilishicha, uchrashuv davomida Kiyev Budapeshtning Zakarpate vengrlari huquqlarini tiklash bo‘yicha 11 ta talabining aksariyati yuzasidan kafolatlar bergan.

Kiritildi: Bugun 18:16. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!