Peruda ko‘prik qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 40 ga yaqin kishi jarohatlandi. Fojia yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan o‘tib ketayotganda sodir bo‘lgan. Bundan tashqari, ko‘prikda yuk tashuvchi furgon ham bo‘lgan. Avtobus va furgon daryoga qulagan.
“Chankay hududida ko‘prik qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, kamida 38 kishi jarohat oldi”, — deb xabar berdi Argentinaning Infobae axborot portali Peru transport vaziriga tayanib.
Peru prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, daryoga qulagan furgonni oqim olib ketgan. Hozir u voqea joyidan taxminan 300 metr uzoqlikda.