Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Pep Gvardiola terma jamoani qabul qilib olishga tayyor

Pep Gvardiola terma jamoani qabul qilib olishga tayyor

Xosep Gvardiola avvalroq faoliyatining qaysidir bosqichida milliy terma jamoada ishlash istagi borligini aytgan edi. The Touchline nashrining La Gazzetta dello Sportga tayanib xabar berishicha, Gvardiola Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlashga ochiq.

Gvardiolaning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Biroq matbuotda Xosep roppa-rosa o‘n mavsum ishlaganidan so‘ng, shu yozdayoq ingliz grandini tark etishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Italiya terma jamoasi JCH-2026 ga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan ko‘p o‘tmay, jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo o‘z lavozimini tark etdi.

Kiritildi: Bugun 19:24. O'qildi: 533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!