Pep Gvardiola bosh murabbiy sifatida Chempionlar ligasida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha Aleks Fergyuson bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib oldi.
«Real»ga qarshi bahs ispaniyalik mutaxassis uchun ushbu turnirdagi 190-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa, u «Manchester Yunayted» bilan ishlagan shotlandiyalik murabbiyning natijasini takrorladi.
Bu borada faqat madridliklar sobiq murabbiyi Karlo Anchelotti oldinda — uning hisobida 218 ta o‘yin mavjud.