"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Liverpul"ga qarshi o‘yinda Donnarumma bilan to‘qnashuvdan keyin zaxiraga olingan Abduqodir Husanovning holati haqida ma’lumot berdi.
"Shaharliklar" 11 fevral kuni "Fulxem"ni qabul qiladi.
«Husanov bilan hammasi yaxshi. U tayyor. Uning inglichasi? Juda Viliyam Shekspir darajasida gapirmasa-da, Husanov borgan sari ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirmoqda. Muhimi, undan nimani talab qilayotganimizni tushunadi. U juda aqlli, doim to‘g‘ri qarorlar qabul qiladi.
Mening o‘zbekcham? Yo‘q, birorta ham so‘z bilmayman», - dedi Gvardiola.