Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pep Gvardiola Abduqodir Husanov haqida gapirdi! Avtogolga qaramay, maqtov yog‘dirildi

Pep Gvardiola Abduqodir Husanov haqida gapirdi! Avtogolga qaramay, maqtov yog‘dirildi

Pep Gvardiola Abduqodir Husanov haqida gapirdi.

Angliya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” — “Brayton” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 2:2 hisobida durang o‘ynadi. O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola Husanov haqida gapirdi. Ispaniyalik mutaxassis Abduqodir avtogol muallifiga aylangan bo‘lsa-da, uning harakatlarini maqtadi.

Ruben Diash va Husa (Husanov) birgalikda ajoyib o‘yin namoyish etishdi. Umuman olganda, butun jamoa yaxshi harakat qildi. Lekin bir oz omad yetishmadi. Bugun “Nottingem Forest” bilan bo‘lgan o‘yinga qaraganda ancha yaxshi harakat qildik. Juda ko‘p imkoniyatlar yaratildi, lekin atigi ikkita gol kiritishni uddaladik, deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirdi Cityxtra nashri.

“Manchester Siti” navbatdagi uchrashuvini 30 mart kuni Angliya Kubogi doirasida “Bornmut”ga qarshi o‘tkazadi. “Shaharliklar” 29-turdan keyin turnir jadvalida 48 ochko bilan 5-pog‘onadan joy oldi.

Kiritildi: 12:00 16.03.2025. O'qildi: 4317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!