Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Pentagon Ukrainadagi Starshield tizimidagi uzilishlarni tekshirishdan bosh tortdi

Pentagon Ukrainadagi Starshield tizimidagi uzilishlarni tekshirishdan bosh tortdi

Pentagon bosh inspektori amerikalik senatorlar guruhining so‘roviga qaramay, Ukrainada Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi va uning harbiy versiyasi bo‘lgan Starshield faoliyatidagi uzilishlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazishdan bosh tortdi.

Bu haqda Associated Press (AP) axborot agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ixtiyoriga kelib tushgan Pentagon bosh inspektorining javobida senatorlar tomonidan berilgan savollarga AQSh Harbiy-havo kuchlari yaxshiroq javob berishi mumkinligi qayd etilgan.

Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, qonun chiqaruvchilar bu munosabatni SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask faoliyati yuzasidan tekshiruv o‘tkazishdan bosh tortish sifatida baholagan.

Avvalroq senator Jinn Shahin (Nyu-Hempshir shtati vakili, Demokratik partiya) Kongress yuqori palatasining har ikki partiyadan bo‘lgan to‘qqiz nafar a’zosi Pentagon bosh inspektori apparatiga xat yuborganini ma’lum qilgan edi. Senatorlar ushbu xatda Starshield tizimi faoliyatidagi uzilishlarni tekshirishga chaqirgan.

Ularning fikricha, Pentagon bosh inspektori AQShning biror mansabdor shaxsi mazkur uzilishlarga ruxsat bergan-bermaganini yoki ular haqida oldindan bilgan-bilmaganini aniqlashi kerak.

14 oktyabr kuni ertalab Ukraina Mudofaa vazirining sobiq maslahatchisi Sergey Sternenko Telegram kanalida SpaceX terminallar tezligini soatiga 60–70 kilometr bilan cheklaganini ma’lum qilgan. Keyinchalik Ukraina Mudofaa vazirligining sobiq rahbari Mixail Fyodorov Starlink aloqasi soatiga 160 kilometrgacha bo‘lgan tezlikda tiklanayotganini bildirgan.

Bu cheklovlar Ukraina harbiylarining bir nechta operasiyasi barbod bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Starlink faoliyatini nazorat qiluvchi SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask cheklovlar uchun javobgarligini rad etgan. Uning ta’kidlashicha, tizimdan foydalanish va tezlikka oid qarorlarni AQSh hukumati qabul qiladi.

Keyinchalik The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi Mask shaxsan Ukrainadagi Starshield tizimi faoliyatini cheklashga buyruq bergani haqida xabar tarqatgan.

Kiritildi: Bugun 11:10. O'qildi: 328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!