Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Pentagon rahbariga nisbatan impichment e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyusiya Kongressga rasman kiritildi

Pentagon rahbariga nisbatan impichment e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyusiya Kongressga rasman kiritildi

Respublikachilar partiyasi vakili Tomas Massi AQSh Vakillar palatasiga mamlakat harbiy vaziri Pit Xegsetga nisbatan impichment jarayonini boshlashni nazarda tutuvchi rezolyusiyani kiritdi.

Hujjat sakkizta banddan iborat bo‘lib, ularning uchtasi Eron bilan bog‘liq urushga taalluqli.

Massi Kongress quyi palatasidagi chiqishi davomida mazkur hujjatdan ayrim parchalarni o‘qib eshittirdi. Unda Xegset «Eronga qarshi urush boshlash to‘g‘risidagi noqonuniy buyruqlarni ongli ravishda bajargani» sababli lavozimidan chetlashtirilishi kerakligi ta’kidlangan.

Qonun chiqaruvchining qayd etishicha, bu harakatlar Kongress roziligisiz, shuningdek, Eron AQSh uchun bevosita tahdid solmagan bir sharoitda amalga oshirilgan.

Boshqa ayblovlar orasida tinch aholini himoya qilish qoidalarini buzish, AQShning dengizdagi operasiyalari davomida giyohvand moddalar savdosida gumon qilingan shaxslarni sudsiz o‘ldirish, so‘z erkinligini cheklash hamda Venesuelada Nikolas Maduroni hokimiyatdan tortib olish operasiyasida ishtirok etish kabi holatlar bor.

Rezolyusiya bo‘yicha ovoz berish yaqin kunlarda o‘tkazilishi mumkin.

Kiritildi: 10:30 10.11.2026. O'qildi: 800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik