Bugun 27 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Pentagon rahbari: AQSh Putin va HAMASning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaydi

Pentagon rahbari: AQSh Putin va HAMASning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaydi

AQSh Rossiyaning Ukraina bilan urushda, HAMAS esa Isroil bilan mojaroda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaydi, dedi Pentagon rahbari Lloyd Ostin Kaliforniyadagi Reygan milliy mudofaa forumida.

“Biz HAMAS yoki Putinning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Va biz dushmanlarimizning bizni bo‘linishiga yoki zaiflashishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Shuning uchun biz Isroilni qo‘llab-quvvatlashimizni oshirgan bo‘lsak ham, diqqatimizni Ukrainaga qaratamiz”, — dedi Ostin. Uning so‘zlari AQSh Mudofaa vazirligi saytida keltirilgan.

Pentagon rahbarining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar bir vaqtning o‘zida harbiy amaliyotlarning "bir nechta o‘choqlariga" yordam yuborish imkoniyatini saqlab qoladi.

Uning fikricha, Qo‘shma Shtatlar bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajarishi mumkin, chunki u "er yuzidagi eng qudratli davlat".

Kiritildi: 08:43 03.12.2023. O'qildi: 2764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!