Bugun 30 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Pensiyalar 5 yanvardan boshlab to‘lanadi

Pensiyalar 5 yanvardan boshlab to‘lanadi

31 dekabr – 4 yanvar dam olish kunlari sifatida belgilangani bois, pensiya to‘lovlari 5 yanvar kuni bank kartalariga yuklanadi, deb xabar berdi Pensiya jamg‘armasi.

«2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonun bilan Pensiya jamg‘armasining 2026 yil uchun harajatlari tasdiqlanganini inobatga olib, yanvar oyi plastik kartalari orqali oluvchi fuqarolarning pensiya to‘lovlari 5 yanvardan boshlab yuklanishini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, naqd shaklda pensiya oluvchilarga Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan 27 yanvargacha grafik asosida mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali yoki fuqarolarning yashash manziliga yetkazib beriladi.

Kiritildi: 22:26 29.12.2025. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!