Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Penalti tepish vaqtida to‘pga ikki marta teginish borasidagi qoidalar o‘zgardi

Penalti tepish vaqtida to‘pga ikki marta teginish borasidagi qoidalar o‘zgardi

IFAB penaltilarda to‘pga ikki marta teginish bo‘yicha qoidaga o‘zgartirish kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi 1/8 finalidagi «Real»ga qarshi o‘yinda «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresning seriyadagi goli hisoblanmagan va shundan so‘ng qoidani qayta ko‘rib chiqish masalasi ko‘tarilgandi. Argentinalik futbolchi zarba berayotganda sirpanib ketgan va oyog‘i to‘pga ikki marta teggandi. U gol urishga muvaffaq bo‘lganiga qaramay, VAR bilan vaziyatni muhokama qilgan hakam Shimon Marchinyak golni hisoblamagan. Yakunda penaltilar seriyasi orqali «Real» turnirning keyingi bosqichiga yo‘l olgan.

Yangilangan qoidalarga ko‘ra, agar to‘pga tasodifan ikki marta tegish natijasida penalti golga aylansa, uni qayta bajarish kerak bo‘ladi.

Agar o‘yinchi bunday penalti natijasida gol urolmasa, qayta tepishga imkon berilmaydi. Agar o‘yinchi to‘pga ataylab ikki oyog‘i bilan tegsa ham, shunday. Aksincha, raqib foydasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri jarima zarbasi beriladi. Seriyada esa bunday urinish gol deb hisoblanmaydi.

Qoidalarga kiritilgan o‘zgartirishlar 1 iyuldan kuchga kiradi, biroq bu sanadan oldin ham turnirlarda qo‘llanishi mumkin.

Kiritildi: 22:38 03.06.2025. O'qildi: 1042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!