Yakshanba kuni e’lon qilingan yangi qoidalarga ko‘ra, Pekin shahar ichida uchuvchisiz uchish apparatlaridan (dron) foydalanishni taqiqlamoqda.
Associated Press xabar berishicha, dronlardan foydalanish bo‘yicha kuchaytirilgan qoidalar doirasida ushbu qurilmalarni sotishga taqiq may oyida kuchga kirgan va ularga egalik qilishga taqiq noyabr oyining o‘rtalarida kuchga kiradi.
Ta’kidlanishicha, Xitoy poytaxti rasmiylari xavfsizlik muammolarini aytib, ruxsatsiz dron parvozlarini taqiqlagan va shaharning ma’muriy hududini cheklangan havo hududi zonasi deb e’lon qilgan.
Qoidalarga so‘nggi o‘zgartirishlar iyun oyi oxirida Pekinda kichik samolyot osmono‘par binoga urilib, bir kishi halok bo‘lgan va 13 kishi jarohat olganidan keyin kiritildi.
15 noyabrdan boshlab Pekinda dronlar yoki ularning asosiy komponentlariga egalik qilish yoki saqlash taqiqlanishi aniqlandi. Rasmiylar bunga rioya qilmaganlardan dronlarni musodara qilishi va jismoniy shaxslar va kompaniyalarga jarima solishlari mumkin.
Dronlarni Pekinga boshqa shaharlardan, jumladan, sayyohlar tomonidan import qilish ham taqiqlangan.