Chegirma kimlarga beriladi
Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatidagi xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi.
Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi.
❓ Chegirmadan qanday foydalaniladi?
1️⃣ Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi.
2️⃣ Tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi.
3️⃣ Tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi.
Ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.
❓Endi eng muhim savol: qancha to‘lanadi?
Agar kontrakt summasi 100 foiz bo‘lsa:
30 foizi — chegirma;
70 foizi — talabaning to‘lovi.
Ya’ni talaba kontraktning to‘liq 100 foizini emas, faqat 70 foizini to‘laydi.
70 foizlik to‘lovni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin:
1-usul — summani to‘liq to‘lash.
Talaba chegirmadan keyingi 70 foizlik summani bir martada to‘laydi.
2-usul — bo‘lib-bo‘lib to‘lash.
1-bosqich: 25 foiz
— 1-kursga tavsiya etilganlar uchun — 15-oktyabrgacha;
— 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 1-oktyabrgacha.
2-bosqich: yana 25 foiz — 1-yanvargacha.
Shunda jami to‘lov 50 foiz bo‘ladi.
3-bosqich: qolgan 20 foiz — 1-martgacha.
Shunda jami to‘lov 70 foizga yetadi.
Qolgan 30 foiz nima bo‘ladi❓
Kontrakt summasining chegirmaga to‘g‘ri keluvchi 30 foizlik qismi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1-maygacha oliy ta’lim tashkilotiga qoplab beriladi.
Arizalar qachon topshiriladi❓
Hozirda kontrakt.edu.uz axborot tizimida vazirlik va idoralar o‘rtasida ota-onaning pedagogik faoliyatini avtomatik aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar bazalarini tizimga integrasiya ishlari olib borilmoqda.
Arizalarni qabul qilish imkoniyati tez kunlarda ishga tushiriladi. Ariza topshirish jarayoni boshlanganligi haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.